Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Asilbek Ashurov dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan AQSHdagi Chikago universitetida o‘qish uchun 420 000 dollar miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.
Bu yutuq avvalo Asilbekning ilm-fan, ta’lim va ijodga bo‘lgan katta qiziqishi va mehnatining mahsulidir.
Davlatimiz tomonidan ta’lim rivojlanishi yo‘lidagi g‘amxo‘rliklar, yaratilgan zamonaviy sharoitlar, ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi ilg‘or yondashuvlar, shuningdek, chet elda ta’lim olish uchun berilgan grantlar yoshlarimizning xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonishiga yordam bermoqda.
– Maktabimizning iqtidorli o‘quvchisi Asilbek Ashurov o‘tgan yili maktabimizda o‘tkazilgan “Maktab prezidenti” tanlovida ishtirok etib, g‘olib chiqqandi. Nafaqat ingliz tili, maktabimizda o‘tiladigan boshqa fanlarning chuqur bilimdoni, faol, tashabbuskor o‘quvchilarimizdan.
Qolaversa, u ingliz tilidan xalqaro imtihonda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 7,5 balni qo‘lga kiritgan. Uning yutuqlari Prezident maktabi o‘quvchilari– barcha tenqurlariga o‘z ustlarida ishlab, o‘quv fanlarni chuqur o‘rganishga, kelgusida o‘z tanlagan sohalar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirib, yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishiga katta turtki beradi,–deydi Prezident maktabi direktori o‘rinbosari Shohista Nomozova.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri