Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asiana Airlines samolyoti yo‘lovchisi parvoz chog‘ida bort eshigini ochib yubordi
19:59 / 2023-05-26

Bortida 194 kishi bo‘lgan Janubiy Koreyaning Asiana Airlines kompaniyasiga qarashli samolyot eshigi endi qo‘na boshlaganda ochilib ketgani, hodisa natijasida hech kim jabr ko‘rmagani haqida yozmoqda Ryonxap agentligi, Tegu aeroporti ma’muriyati bergan xabarga tayanib.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, politsiya samolyot qo‘nayotganda uning eshigini buzmoqchi bo‘lgan 30 yoshli erkakni so‘roq qilish uchun qo‘lga olgan. “Juma kuni Bortida 194 kishi bo‘lgan Asiana Airlines samolyoti eshigi Tegu xalqaro aeroportiga endi qo‘nishni boshlaganda ochilib ketdi. Xayriyat, samolyot eson-omon yerga qo‘ndi”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, hodisa natijasida to‘qqiz nafar yo‘lovchining nafas olishi qiyinlashgan. Ularning sog‘lig‘i joyida ekani, shunga qaramay, ular kasalxonaga olib borilgani aytilgan manbada. Aeroport ma’muriyatining ma’lum qilishicha, 194 yo‘lovchining birortasi ham samolyotdan tushib ketmagan.