Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Asian Youth Games-2025”da qatnashadigan sportchilarimizning ilk tarkibi Bahraynga yo‘l oldi
11:53 / 2025-10-17

Bugun, 17 oktyabr kuni yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun kurash, voleybol bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi Bahraynning Manama shahriga yo‘l oldi.

Aytish lozim, 45 ta mamlakatning 4 ming nafardan ortiq yosh sportchilari ishtirok etadigan “kichik olimpiada”da 24 ta sport turi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Kompleks musobaqa dasturidan o‘rin olgan milliy sportimiz kurash bahslari 19–20 oktyabr kunlari o‘tkazilib, unda sportchilar to‘rtta vazn toifasida Osiyo o‘yinlarining medallari uchun gilamga chiqadi.

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi sportchilarimiz Shohjahon G‘olibov, Otabek Yo‘ldoshboyev, Mubinabonu Karimova va Durdona Tursunova qit’a o‘yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA