Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asian Boxing tashkiloti 2026 yilgi chempionat manzillarini e’lon qildi
09:29 / 2025-11-18

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida World Boxing tashkiloti kubogi bahslari davom etayotgan ayni kunlarda Asian Boxing tashkiloti 2026 yilgi Osiyo chempionatlariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, kattalar o‘rtasidagi qit’a chempionati kelgusi yilning 28 mart -11 aprel kunlari Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida tashkil etilsa, poytaxtimiz Toshkent 1-16 may kunlari o‘smirlar (U-15) va yoshlar (U-17) o‘rtasidagi Osiyo birinchiligiga mezbonlik qilishi belgilandi.

2026 yilgi U19 va U22 chempionatiga esa Indoneziya poytaxti Jakarta shahri mezbonlik qiladi. Mazkur qit’a birinchiligi kelgusi yilning 3-16 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA