Endilikda siz ortiqcha vaqt va asablaringiz, kuchingiz va imkoniyatlaringizni behuda sarflashingizga hojat yo‘q. Asia Consult kompaniyasi o‘qishga kirish uchun barcha kerakli jarayonlardan o‘tib olishingizda qanot bo‘ladi.
Uzoq yillik tajribaga ega professionallardan tarkib topgan jamoa o‘zbekistonlik abituriyentlarga o‘z xizmatlarini taqdim etishga doim tayyordir.
Asia Consult xorijda tahsil olishni istagan yoshlarga o‘z hamkorligini taqdim etadi. Axir xalqaro diplom kelajakdagi faoliyatingizga katta hissa qo‘shadi va kerakli mutaxassis bo‘lib qaytishingizda muhim rol o‘ynaydi.
2019 yilda rasman ish boshlagan Asia Consult kompaniyasi nihoyatda kuchli jamoa bilan ta’lim maydoniga kirgan bo‘lib, 10 dan ortiq davlatning ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilib keladi. Ularning safida dunyoning eng kuchli dargohlari sanaluvchi universitet va institutlar ham mavjud.
– Biznesni boshlaganimda avvaliga 10 ming, keyin 40 ming keyin esa 60 ming dollarga tushdim. Ammo ortga qaytmay, shu qiyinchiliklardan o‘tganimdan so‘ng qarshimda barcha eshiklar ochildi. bugungi kunda biz asos solgan “Asia Consult Holding”da 300 ga yaqin xodim ishlaydi, O‘zbekiston bo‘ylab 26 ta filialimiz bor, o‘tgan uch yil ichida 10 mingdan ortiq talabani chet davlatlariga o‘qishga jo‘natdik. Singapur, Malayziya, Turkiya, Xitoy, Rossiya, AQSHdagi o‘quv dargohlari bilan shartnomalarimiz bor, 10 dan ortiq davlat, 40 dan ortiq institutlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlayapmiz. Rivojlangan davlatlar tajribasini ko‘radigan bo‘lsak, faqat mutaxassis tayyorlash bilan ish bitmas ekan. Agar mutaxassis tayyorlasangiz, faqat mutaxassis ish bilan ta’minlanadi, agar tadbirkorlarni, biznesni boshqara oladigan insonlarni tayyorlasangiz ularning har biri yuzlab, minglab odamlarni ish bilan ta’minlaydi. bugungi kunda “Biznes maktab”ga asos soldik. “Biznes maktab”ga 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar jalb etiladi. Bir yilda davomida tadbirkorlikka o‘qitilib, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlariga yordam beramiz. Maqsadimiz orttirgan bilim va tajribalarimizni yoshlarga ulashish, – deydi Asia Consult asoschisi Ilhom Begimqulov.
Dastur tanlash, to‘g‘ri va eng dolzarb yangiliklardan xabardor bo‘lish, viza olish, zarur ma’lumotlarning birortasini ko‘zdan qochirmaslik ta’minlanadi. Kompaniya o‘zingizga mos oliy o‘quv yurtini moliyaviy imkoniyatlaringiz va talablaringiz asosida tanlash, u haqdagi barcha ma’lumotlarni ipidan ignasigacha taqdim etish, abituriyentlarga eng kerakli ko‘rsatmalar berish, kirish imtihonlari, hujjatlar to‘plash va to‘ldirish bilan bog‘liq ishlar, tabalalik vizasi, turar-joy bilan bog‘liq xarajatlarni hisoblash, optimallashtirishda va boshqa muhim sharoitlarda yordamlashadi.
Yoshlar kelajak yetakchilari bo‘lishi uchun Asia Consult kompaniyasi barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Talabalar O‘zbekistonga cheksiz yangi imkoniyatlar olib kelishi uchun ularning o‘qish davrida ham qo‘llab-quvvatlanishlarida xizmat qiladi, jarayondagi masalalarda yaqindan ko‘maklashadi. Bundan tashqari, talabalikka qabul qilinganlarni borgan mamlakatlarida kutib oluvchi vakillar turar-joy, ota-onalar bilan doimiy aloqa yoki yuzaga keluvchi turli-tuman masalalarda yordam beradi.
O‘zA