Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi
22:53 / 2025-11-22

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi maxsus tadbir giyohvandlikka qarshi kurash sohasida muammolar hali ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganini yana bir bor ko‘rsatdi.

Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan “nazorat ostida olish” tadbiri davomida oldindan Jizzax vohasi hududidan kuzatuvga olingan fuqaro F.K.M. 50 gramm opiy moddasini Samarqand viloyati Jomboy tumani hududida 1200 AQSH dollari evaziga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Giyohvandlik moddasi belgilangan tartibda rasmiylashtirildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

A.Qayumov, O‘zA