-
Taniqli ma’rifatparvar, yirik tilshunos, lug‘atshunos, adabiyotshunos olim, jurnalist va tarjimon, Turkistondagi jadidchilik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Ashurali Zohiriy 1885 yili Qo‘qon yaqinidagi Oyim qishlog‘ida tug‘ilgan. U dastlab Qo‘qondagi Madalixon madrasasida tahsil ko‘radi (1914), arab va fors tillarini puxta egallaydi, o‘zbek va fors-tojik mumtoz adabiyotini o‘rganadi. Har tomonlama bilim sohibi bo‘lgan A.Zohiriy 1907 yildan boshlab rus-tuzem maktabida, shuningdek, jadid maktabida o‘zbek tili va adabiyotidan dars beradi. 1912—1919 yillarda esa pedagogik faoliyat bilan birga jurnalist sifatida ham qizg‘in ish olib boradi.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni taniqli ma’rifatparvar, yirik tilshunos, lug‘atshunos, adabiyotshunos olim, jurnalist va tarjimon Ashurali Zoxiriy haqida to‘xtalmoqchimiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kuP0Edqe3Fw" title="Ashurali Zoxiriy haqida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA