Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ashraf G‘ani insult olgani tasdiqlandi
23:46 / 2022-01-25

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani Abu-Dabida insult oldi, deya xabar berdi “Kabul Times” nashri.

BBC Abu-Dabi agentliklari bilan bog‘lanib, vaziyatga aniqlik kiritgan. Manbaning tasdiqlashicha, Ashraf G‘ani 24 yanvar kuni haqiqatdan ham o‘z qarorgohida insultga uchragan. 

Ayni paytda sobiq prezident “Shayx Zohid” kasalxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Hozircha boshqa hech qanday ma’lumot berilmayapti. 

Eslatib o‘tamiz, 72 yoshli Ashraf G‘ani rafiqasi va ikki maslahatchisi bilan “Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston hududini egallab olgach, mamlakatni tark etgan edi.