Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ash-Shabab” jangarilari Somali poytaxtiga hujum qilib, 10 kishini o‘ldirdi
19:39 / 2023-02-22

“Ash-Shabab” terrorchi guruhi jangarilari Somali poytaxti Mogadishoga hujum uyushtirdi va 10 nafar tinch aholi vakilini o‘ldirdi, deb xabar tarqatdi Agence France-Presse agentligi mamlakat hukumati bergan ma’lumotga tayanib.

"Jangarilar hukumat kuchlari bilan jangda mag‘lub bo‘lganidan keyin turar joylarga hujum qilishga o‘tgan", – deyiladi agentlik bergan xabarda.  

“Ash-Shabab” guruhi Somalida 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2008 yildan buyon vaqti-vaqti bilan teraktlar uyushtirib turadi.  2010 yilgacha ular katta hududni nazorat qilayotgan edi, biroq  2011 yil yozda Somali poytaxtini tark etishga majbur bo‘ldi. Shundan buyon guruh hukumat va uning tarafdorlariga qarshi yashirin qo‘poruvchilik harakatlarini olib bormoqda.    

2012 yil fevralda guruh yetakchilaridan biri jangarilar “Al-Qoida”ning terrorchilik tarmog‘iga qo‘shilishini e’lon qildi. Turli hisob-kitoblarga qaraganda, “Ash-Shabab” guruhining jangarilari 10 ming atrofida.