Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asel Yerkebayeva xalqaro turnir sovrindori
10:21 / 2023-07-27

Almati shahrida stol tennisi bo‘yicha o‘tayotgan “WTT Youth Contender Almaty-2023” xalqaro turnirida hamyurtimiz Asel Yerkebayeva shohsupaga ko‘tarildi.

Asel musobaqaning yarimfinal bosqichigacha yetib keldi va turnirning bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Musobaqa davom etmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, turnirda Marhabo Magdiyeva, Arujan Kamalova, Asel Yerkebayeva, Eleonora Shiriyeva, Samira Kodirova, Shohrux Iskandarov, Alixan Kamalov, Rahmatillo Abdurashidov, Temurbek Nurmonov, Xurshid Ahmedov, Diyorbek Dilshodov, Shahbozbek G‘ulomiddinov, Amir Shiriyev kabi stol tennischilarimiz qatnashmoqda.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri