Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asalarini ko‘paytirish iqtisodiy foyda keltiradi, ekologik barqarorlikni ta’minlaydi 
15:25 / 2025-06-25

Asalarilar tabiatning muhim bir bo‘g‘ini bo‘lib, ular nafaqat asal yetishtirish, balki ekologik muvozanatni saqlash, o‘simliklarni urug‘lantirish va qishloq xo‘jaligi hosildorligini oshirishda ham katta ahamiyatga ega. Shu bois, asalarini ko‘paytirish nafaqat iqtisodiy foyda, balki ekologik barqarorlikni ta’minlash vositasidir.

Bundan tashqari asalarilarning asosiy vazifalaridan biri o‘simliklarni urug‘lantirish. Ular 80 foizgacha madaniy va yovvoyi o‘simliklar gullarini urug‘lantirib, hosildorlikni 30–70 foizgacha oshiradi. Bu esa dehqon va bog‘bonlar uchun qo‘shimcha hosil va foyda manbaidir.

Asalarilar ko‘paygan sari, o‘simliklar ko‘payib, gullashi yaxshilanadi. Asalarilar yordamida bioxilma-xillikni asrash, yerlarni eroziyadan saqlash mumkin. Toza havo va yashil muhit ta’minlanadi.

Toshkent davlat agrar universitetida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda Smart-AI: Aqlli asalari oilasi tizim texnologiyasini qo‘llash hamda asalarichilik resurslarini rivojlantirish va takomillashtirish” halqaro loyihasi Janubiy Koreya Respublikasining Koreya milliy tadqiqot jamg‘armasi (NRF) granti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Hozirda mazkur halqaro loyiha doirasida muhim natijalarga erishildi.

Xususan, loyiha doirasida grant mablag‘lari hisobidan Koreya Respublikasi tomonidan 3 ta nomdagi “Asalarichilik”, “Asalarilar uchun oqsilli ozuqa tayyorlash”, “Asal sifatini tahlil qilish” o‘quv laboratoriyalari Toshkent davlat agrar universitetiga keltirildi. 

Asalarichilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqotlar natijasida asalarilar yordamida o‘simliklarni changlatish va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, asalarilarning zararkunandalari, yirtqichlari va kasalliklarini aniqlash va ularga qarshi ko‘rashish choralarini ko‘rish, O‘zbekiston sharoitida o‘sayotgan o‘simliklarning gullash muddatlari va asal mahsuldorligi bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash, asalarichilikda naslchilik ishlarini olib borish, suniy usulda ona asalari yetishtirish, O‘zbekiston sharoitida asalari oilalarini yilning barcha fasllarida parvarishlash, asalarilarning qishlovi va uni ilmiy asosda tashkil etish kabi masalalarda ijobiy natijalarga erishilgan.

Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA