English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asakaning shisha tolali mahsulotlariga talab yuqori
14:08 / 2016-09-14

Asaka tumanidagi “Fiber glass composite” mas’uliyati cheklangan jamiyatida sanoat va qurilishda foydalaniladigan yuqori sifatli shisha tolali mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ortmoqda.

Asaka tumanidagi “Fiber glass composite” mas’uliyati cheklangan jamiyatida sanoat va qurilishda foydalaniladigan yuqori sifatli shisha tolali mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ortmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 11-fevraldagi “2015-2019-yillar uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Shisha tolali mahsulotlar ilgari mamlakatimizga asosan chetdan keltirilar edi, – deydi korxona rahbari Murodjon Bo‘ronov. – Korxonamizga xorijdan 1 milliard 224 million so‘m miqdoridagi ilg‘or texnologik dastgohlar olib kelinib, ishga tushirildi. Dastlab kanalizatsiya quvurlarini o‘rashga mo‘ljallangan shisha tolali material ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Zanglamaydigan, namlikda ham chirimaydigan sifatli, qolaversa, ancha arzon bunday materialga talab ortmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston metallurgiya kombinati, “Quvasoytsement” aksiyadorlik jamiyati singari 20 dan ziyod yirik korxona va qurilish tashkilotlari bilan shartnomalar imzolaganmiz. Joriy yildan mahsulot turini yanada ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni paytda korxonada kuniga 2 tonna xomashyo qayta ishlanib, tayyor mahsulotga aylantirilmoqda. Korxona to‘la quvvat bilan ishlagach, bu ko‘rsatkich ikki barobar ortadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, korxona mahsulotlari xalqaro sifat standartlariga to‘la javob beradi. Ayniqsa, arzon va pishiqligi bilan xorijdan keltirilayotgan ana shunday mahsulotlardan qolishmaydi.

Joriy yil yakuniga qadar korxonada yangi liniyani ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu ishlab chiqarish hajmini oshirish barobarida mahsulotni eksport qilish imkonini ham beradi. Ayni paytda Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlariga mahsulot eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Muhimi, bu yerda ilg‘or ish uslublarini qo‘llash, ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish korxona faoliyati va muvaffaqiyatida muhim omil bo‘layotir.