Asakabank tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “ALUMINIUM SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga press-tur tashkil etildi.
Press turda “ALUMINIUM SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida barcha turdagi sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladigan alyumin va bimetall radiatorlar ishlab chiqarish mahsulotlari bilan yaqindan tanishdik.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi alyumin va bimetall radiatorlar ishlab chiqarish mahsulotlari bilan shug‘ullanib kelayotgan “ALUMINIUM SYSTEMS” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Asakabank bilan hamkorlikdagi loyihasi ham mahalliylashtirish dasturi asosida amalga oshirilmoqda.
– Ma’lumki, poytaxtimizda, alyumin profillar va bimetall radiatorlar ishlab chiqarilishi barqaror rivojlanmoqda, – deydi “ALUMINIUM SYSTEMS” MCHJ — 3 baza rahbari Sherzod Rejebbayev. - Mazkur korxonamizda, bugungi kunda ichki bozor uchun yiliga 5 mln ta yuqori sifatli alyumin isitgich radiatorlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday ishlab chiqarish talablari, o‘z o‘rnida, korxonamiz tomonidan 235 dan ortiq odamni ish bilan ta’minlashga imkon beradi. Shuningdek, biz chet elga eksport faoliyatini ham yo‘lga qo‘yganmiz va hozirda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Rossiya davlatlari bilan shartnomalar asosida hamkorlik qilib kelmoqdamiz.
[gallery-17927]
Alyumin isitgich radiatorlar ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish hamda alyumin va bimetall radiatorlar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish loyihasi Asakabank tomonidan moliyalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 16,7 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 11,9 mln. AQSH dollari miqdoridagi qismi kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Jumladan, ajratilgan kredit mablag‘larining 9,0 AQSH dollari miqdoridagi qismi Asakabank hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Asakabank tomonidan Alyumin radiatorlar ishlab chiqarish uskunalari sotib olish uchun 7,0 AQSH dollari, ishlab chiqarish faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish hamda joriy alyumin va plastik panellar ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish maqsadida aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 2,0 mln AQSH dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/o07ubAjSl5k" title="Asakabank yirik loyihalar moliyalashtirilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Press-tur davomida mutaxassislar bank kredit mablag‘i hisobiga xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar alyumin va bimetall radiator mahsulotlari iqtisodiyot mezonlariga to‘la mos kelishini ta’kidladi. Zavodda mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini zamonaviy uskunalar qo‘yilganligini qayd etdi.
Bugungi kunda yillik ishlab chiqarish quvvati 200,0 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Shahnoza Mamaturopova,
Oybek Pardayev (foto), O‘zA