Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Asakabank” juda qisqa fursatlarda mikrokredit ajratishni boshladi
12:25 / 2020-12-30

“Asakabank” joriy yilda aholiga 158 ta bankomat orqali xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, 2021 yili ular soni 200 dan oshadi. Shuningdek, omonatlarga 340 milliard so‘m jalb etildi. 112090 nafar mijoz mazkur bankning mobil ilovasidan foydalanmoqda.

     Bular haqida “Asakabank” rahbarlarining OAV vakillari bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

   Mazkur bank investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ham faol. Joriy yilning 11 oyida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga  630  million dollar miqdorida kreditlar ajratilgani, unda investitsion kreditlar hajmi 386,5 million dollarni tashkil etishi buning yorqin isbotidir. Mazkur mablag‘ning 274,5 million dollari sanoatga,  68,7 million dollari xizmat ko‘rsatishga va 43,4 million dollari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga sarflangan.

     –Yurtimizning  investitsiya dasturida ham  bankimiz faol ishtirok etmoqda, – deydi “Asaka bank” ning investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi boshlig‘i Sardor Mirsoatov. –Joriy yilda  dasturga ko‘ra  500 million dollar xorijiy kredit liniyalari jalb qilindi.  Dastur ijrosi bo‘yicha hozirda bankda loyihalarga kredit resurslarini jalb qilish imkoni bo‘lgan Kommersbank A.G, Landesbank B.V, AKA bank, Turkiya eksim banki, Rossiya alfa-banki kabi xorijiy banklar bilan hakorlik mavjud.

   Albatta, bank investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qator talabalarga e’tibor qaratadi. Misol uchun, loyiha kreditdan foydalanish davrida o‘zini-o‘zi oqlashi, 125 foizdan kam bo‘lmagan miqdorida garov ta’minoti mavjudligi, tashabbuskorning kamida 30 foiz miqdorida o‘z ishtiroki hamda uning manbaasi mavjudligi.

   Hozir qadar bu talablar asosida ajratilgan kreditlar o‘z samarasini berishi shubhasiz. Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi yirik oyna ishlab chiqarish loyihasining qiymati 106,7 million dollar bo‘lib, u bank krediti hamda Kommersbank mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Korxona yiliga 1,1 million metr kv. float oyna ishlab chiqarish va  3,4 million dollar eksport qilish imkoniyati yaratilib, 800 dan ortiq ish o‘rni tashkil etiladi. Ushbu loyihadan davlat byudjetiga tushadigan mablag‘lar miqdori 2,2 million dollarni tashkil etadi.

    Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi metal mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasining qiymati 323,0 million dollar, shundan bank krediti 93,0 million dollar  Roseksimbank mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Natijada yiliga 500 ming tonna metal mahsulotlari ishlab chiqarish va  88 million dollar eksport qilish imkoniyati yaratilib, 672 dan ortiq ish o‘rni tashkil etiladi.  Bunday loyhalardan biri Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida ham ishga tushmoqda. Oyna  ishlab chiqarish liyihasining qiymati 70,2 million dollar bo‘lib, yiliga  22,2 ming metr kv. float oyna ishlab chiqariladi va 280 ta ish o‘rni yaratiladi.

Matbuot anjumanida juda qisqa fursatlarda mikrokredit ajratish jarayoni namoyish etildi.  Kredit olish istagidagi ishtirokchilarning plastik kartochkalariga belgilangan  miqdordagi mablag‘lar tashlab berildi.