«Asakabank» Deutsche Bank AG bilan uzoq yillik hamkorligi doirasida 90,0 mln. AQSH dollariga teng kredit shartnomasini imzoladi.
Olingan mablag‘lar savdo bitimlarini moliyalashtirish va bank mijozlarining aylanma kapitalini to‘ldirishga sarflanadi.
O‘zbekiston moliya bozorining muhim ishtirokchilaridan biri, Moodys i Fitch Ratings tomonidan yuqori reyting ko‘rsatgichlariga ega bo‘lgan Asakabank kafolatlanmagan kredit liniyasini jalb qilgan O‘zbekistondagi birinchi bank bo‘lib, bunda Deutsche Bank AG yagona kredit beruvchi bo‘ldi.
Deutsche Bank AG ning Markaziy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikada mijozlarni boshqarish va bitimlarni tuzish bo‘yicha boshlig‘i Claire Coustar quyidagilarni bildirdi: «Biz ushbu muhim kreditni Asaka bankiga taqdim etayotganimizdan juda mamnunmiz, bu Deutsche Bank tomonidan faqat o‘zbek bankiga berilgan ushbu turdagi birinchi kreditdir. 2020 yilda mamlakatdagi ikkinchi bitimni yopib, hamkorligimizni ham O‘zbekistonda, ham Markaziy Osiyoda kengaytirgan holda, mamlakat korporativ va moliyaviy sektori qarzdorlari uchun xalqaro kapital bozorlariga kirishni ta’minlash bo‘yicha ishlarimizni davom ettirishga umid qilamiz».
Qayd etish joizki, bankning 25-yilligi munosabati bilan e’lon qilingan rebrendingdan so‘ng, Asakabank xalqaro bozorda yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishni, shu bilan o‘z mijozlariga qulay sharoitlar yaratish va yangi mahsulotlarni taqdim etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Deutsche Bank AG bilan tuzilgan bitim bu boradgi yorqin misollardan biridir.