Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asaka tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 54,3 gektar yer Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga 30 yil muddatga ijaraga beriladi
13:29 / 2025-09-08

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Andijon viloyati Asaka tumanidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Andijon viloyati Asaka tumanining “Yangiobod” mahalla fuqarolari yig‘inidagi “Bobur” massivi hududida joylashgan va tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 54,3 gektar yer uchastkasi sanoatlashgan intensiv bog‘ va uzumzor barpo qilish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga 30 (o‘ttiz) yil muddatga ijara huquqi asosida beriladi. 

Ajratilgan yer maydonlarida sanoatlashgan intensiv bog‘ va uzumzor barpo qilish uchun hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda meva va uzum navlari tanlanishi amalga oshiriladi. 

Loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslariga muvofiq 2025 yil yakuniga qadar intensiv mevali bog‘ va uzumzorlarni barpo qilib, ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda 100 nafar fuqaroga lizing asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi. 

Ma’lumot uchun, avvalroq: 

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 30 sentyabrdagi PF-151-son Farmoniga muvofiq respublikada sanoatlashgan yangi intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish hamda moliyalashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etish, zaxiradagi yer uchastkalarida yangi bog‘larni barpo etish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga yoki u tomonidan tanlangan tadbirkorlik sub’ektiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijara huquqi bilan ajratilishi; 

b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida” 2025 yil 1 apreldagi PQ-132-son qarorida Agentlikka yer maydonlari ajratib, intensiv mevali bog‘ va tokzorlar barpo etish hamda lizing orqali aholiga berish belgilanganligi; 

v) Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2025 yil 23 apreldagi 255-son qarori bilan Respublika hududlarida sanoatlashgan yangi intensiv (sermahsul) bog‘ va tokzorlarni barpo etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

                                                                                                                   O‘zA