Asaka tumani prokurorining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushganmi?
Andijon viloyati prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbirda bir fuqaro Asaka tumani prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan boshqa fuqarodan talab qilingan 15 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibida ushlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Asaka tumani prokurorining o‘rinbosari tadbirda pora bilan qo‘lga tushganligi haqidagi ma’lumotlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
N.Abduraimova,
O‘zA