Asaka bank: qonunlar ijrosi amalda
Unda 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-606-sonli Qonun mazmun-mohiyati mutaxassislar ishtirokida atroflicha oʻrganilib, tahlil qilindi.
“Asaka” banki Bosh ofis, filiallarning huquqshunoslari va kredit boʻlimi xodimlari uchun “Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash boʻyicha nazariy va amaliy seminar oʻtkazildi.
Unda 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-606-sonli Qonun mazmun-mohiyati mutaxassislar ishtirokida atroflicha oʻrganilib, tahlil qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Garov reyestri, undan foydalanish qulayliklari va afzalliklari ham muhokama qilinib, undan foydalanish boʻyicha amaliy va texnik koʻrsatmalar berildi.
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida