English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Asaka” bank: masofaviy xizmat ko‘rsatishda “Raqamli bank“ tizimini amaliyotga tatbiq etadi
15:49 / 2019-10-29

Ma’lumki “Raqamli bank” tizimini amaliyotga joriy qilish avvalo sohani, xususan, davlat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ma’lumki “Raqamli bank” tizimini amaliyotga joriy qilish avvalo sohani, xususan, davlat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur xizmatlar bankning ichki tartib-qoidalariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Maqsad iste’molchiga sifatli, zamonaviy va qulay xizmatlarni ko‘rsatishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumanida “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Bankning “IABS” avtomatlashtirilgan tizimida yangi modullar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Xususan, masofadan xizmat ko‘rsatish moduli – “Korporativ internet bank”dan foydalanishni kengaytirish ishlari olib borilmoqda. “Kredit anketasi” modulini joriy qilish orqali kredit ajratish jarayonini jadallashtirish, andozaviy elektron kredit shartnomalaridan foydalanish va kredit ajratishda inson omilini kamaytirishga erishildi.

Ayniqsa, masofadan xizmat ko‘rsatishda yuridik shaxslarga mo‘ljallangan tizimning takomillashtirilgan talqini keng jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Undan foydalanuvchilar soni bugungi kunga kelib 5 ming 437 dan oshib ketdi. Jumladan, “SMS-banking“ masofaviy xizmatdan foydalanuvchilar soni ham muntazam ortib borayotgan bo‘lib, bugunga kelib, qariyb 179 ming nafarni tashkil etmoqda.

Tadbirda jismoniy shaxslar bo‘lgan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida: “Asaka mobile” dasturiy kompleksining mobil ilovasini ichki funksional imkoniyatlariga ham to‘xtalib o‘tildi. Xususan, mazkur tizim orqali kommunal, budjet, internet, mobil aloqa, kredit ajratish va so‘ndirish singari ko‘plab amaliyotlarni bajarish mumkin. Mobil telefonlari mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslar uchun internet tarmog‘i orqali amaliyotlar o‘tkazish dasturi – “My Asaka web” ishga tushirildi.

Internet tarmog‘idagi bankning rasmiy veb-sayti www.asakabank.uz muntazam rivojlantirilib, yangilanib bormoqda. Yil boshidan buyon saytni ko‘ruvchilar soni 1 million 353 ming 250 nafarga yetgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar esa 455 ming 649 nafarni tashkil etdi. Sayt orqali bank to‘g‘risida to‘liq ma’lumot, jumladan, kreditlar turlari va shartlari, bank xizmat tariflari, tarixi, bank to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni olish mumkin. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ayni paytda internet sayti sahifasining yangi talqini ustida ish olib borilmoqda. SWIFT kompleksi infratuzilmasi, server qurilmasi xamda Alliance dasturiy ta’minotining 7.0 versiya o‘rnatildi.

Matbuot anjumanida bankni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “Raqamli transformatsiya” tamoyillari asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini tatbiq etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida joriy yil 25 oktabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning investitsiyaviy faolligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda tijorat banklarining hozirgi holati tahlil qilinib, dolzarb chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, banklarning mijozga yo‘naltirilgan, aholining keng qatlamiga mo‘ljallangan xizmatlarini ko‘paytirish hamda kreditlash tartibini soddalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Onlayn va mobil aloqa orqali xizmat ko‘rsatish, chet ellarda keng tarqalgan “skoring” va avtomatlashtirilgan modulli kredit ajratish tizimini kengaytirish zarurligi qayd etildi.

– Ushbu yo‘nalish bankimizning amaliyot samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, asosiy biznes jarayonlarni optimallashtirish imkonini beradi, – deydi “Asaka” ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Abdullaev. – Jumladan, chakana biznes ko‘lamini kengaytirish, dunyo bank amaliyotida keng qo‘llaniladigan va bank biznesi asosi bo‘lgan dasturiy tizimlarni (DWH, CRM, BPM, KPI, HR, Scoring va boshqalar) amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi. Bankning korporativ tarmog‘ini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash maqsadida bank filiallarida shisha tolali kabel (VOLS) asosida ma’lumotlar almashinish aloqasi joriy qilinmoqda. Ushbu aloqa uslubida ishlash imkoniyatini beruvchi yuqori tezlikdagi tarmoq kommutatorlari sotib olinmoqda. Natijada bosh ofis va filiallar o‘rtasidagi yangi tarmoq imkoniyatlari asosida zamonaviy IP telefoniya, videokonferensaloqa joriy etiladi va axborot xavfsizligi kuchaytiriladi.

Tadbirda “Raqamli transformatsiya” tamoyillari bo‘yicha tizimda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Jurnalistlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bank mutasaddilaridan javob oldi.

Reklama huquqi asosida