Saylov – 2024
Boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Farg‘ona davlat universitetida tashkil etilgan 71-saylov uchastkasida ovoz berdi.
– O‘zbekiston yoshlari bugun har sohada faol, - deydi chempion. – Xususan, birgina joriy yilning o‘zida Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sportchilari butun dunyoga o‘z kuch va salohiyatini namoyish etdi. Bugungi saylov jarayonlari ham O‘zbekistonning taqdiri va kelajagini belgilovchi muhim tadbir. Bu jarayonda mening ham tanlovim muhim ahamiyatga ega ekanligini chuqur anglagan holda, o‘zim munosib bilgan nomzodga ovoz berdim. Saylovda talaba yoshlarning ham faol qatnashayotgani quvonarli. Saylov uchastkasi raisi Muhammadjon Mamajonovninng ma’lum qilishicha, o‘tgan qisqa vaqt ichida ro‘yxatdan o‘tgan ikki mingdan ziyod saylovchining o‘ttiz foizdan ko‘prog‘i o‘z tanlovini amalga oshirib bo‘ldi. Ishonamizki, muhim siyosiy jarayonda farg‘onalik yoshlar faollik ko‘rsatib, o‘z kelajagi uchun befarq emasliklarini namoyon etadi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA