Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asadxo‘ja, Hasanboy va Bahodir jahon chempioni bo‘lgan boks oqshomidan fotoreportaj
23:15 / 2023-05-13

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi ko‘p tarmoqli “HumoArena” sport majmuida erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari davom ettirildi.

Bugun uch nafar bokschimiz final bahslarida ishtirok etdi.

Birinchi bo‘lib Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev chempionlik uchun jang qildi. Qozog‘istonlik Dulat Bekbauovga qarshi murosasiz bahsda g‘alaba qozongan Mo‘ydinxo‘jayev -67 kg vazn toifasining yangi chempioniga aylandi. 

Mahoratli bokschimiz, "Rio-2016" Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov dunyo birinchiliklaridagi ikkinchi finalida chempionlikni rasmiylashtirdi. Yurtdoshimiz hal qiluvchi bellashuvda fransiyalik Bilal Bennamani 1-raundda nokautga uchratib, -51 kg vazn toifasining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

"Tokio-2020" Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov faoliyatida ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz final jangida kubalik Alexandro Arzolaga qarshi bahs olib bordi va raqibini kuchli zarbalari oldida ojiz qoldirdi.

bugungi finallarga ajoyib yakun yasaldi: 3 ta final va 3 ta oltin medal! 

[gallery-11870]

Ertaga chempionatning so‘nggi kuni. Ringga ko‘tariladigan 4 nafar bokschimizdan ham oltin medal kutib qolamiz!

Muhammad AMIN (surat), O‘zA