Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Asadbek Xodjayev: Asossiz axborotlar tarqalishiga Davlat boshqaruvi organlari aybdor
12:39 / 2020-12-03

ONLAYN: Xalqaro press-klubda matbuot erkinligi jarayonlariga bag‘ishlangan davra suhbati davom etmoqda

Press-klubda fikr bildirayotganlar bugungi kunda O‘zbekistonda OAVning rivoji hamda matbuot oldida turgan muammolar haqida fikr bildirishmoqda. 

Unda ishtirok etayotgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadbek Xodjayev asossiz axborotlar tarqalishiga Davlat boshqaruvi organlari aybdor ekanini qayd etdi.

"Pandemiya davrida to‘g‘ri ishonchli axborotni tezkor yetkazishda muammolar bo‘ldi. Shunda axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi tezkorlik bilan davlat organlarining tezkor matbuot anjumanlarini tashkil etib bordi hamda bu anjumanlarni nodavlat telekanallar orqali uzatilib borishini ta’minladi. Axborotni yetkazishda tezkorlik va davlat organlarining hozirjavobligi katta ahamiyatga ega. Biz ko‘pincha asossiz axborotni yetkazishda jurnalist, blogerlarni ayblaymiz. Mening fikrimcha esa asossiz axborot paydo bo‘lishiga o‘z vaqtida tezkorlik bilan javob bermagan davlat organlari aybdor”, deydi Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi rahbari A.Xodjayev.