Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
As-Sadr: Iroq siyosiy hayotini tark etaman
17:47 / 2022-08-29

Obro‘li shia imomi Muqtada as-Sadr Iroq siyosiy hayotini tark etishini e’lon qildi. Quyidagi bayonotni u o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali tarqatdi:

- Men siyosiy ishlarga aralashmaslikka qaror qildim. Endi batamom siyosatdan ketyapman.

Imom “uning harakati tarafdorlari barcha asosiy muassasalardagi ishni to‘xtatganini” aytib, as-Sadr oilasi, xususan, otasi faoliyati bilan bog‘liq maqbara, yodgorlik masalasi bundan mustasno, dedi.

O‘zining ta’kidlashicha, barcha “sadrchi” yetakchilar “vazifasidan ozod”. Harakat idorasi tarafdorlari imom nomidan siyosiy ishlarga aralashmaslikka chaqiriladi. Ommaviy axborot vositalarida “sadrchilar” shiori, siyosiy ramzidan foydalangan holda so‘zlash taqiqlangani ham bayon etildi.

Iroq parlamentida eng yirik blokka ega as-Sadr tarafdorlari iyun oyida parlament vakolatlaridan voz kechgan edi.