French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari hamyurtlarimizga bayramona kayfiyat ulashmoqda
09:46 / 2025-08-30

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyatida ham Mustaqillik bayrami va yangi o‘quv yili arafasida arzonlashtirilgan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari” hamda “Maktab bozorlari” savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Viloyat dehqon bozorlari va savdo komplekslari uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 16 ta dehqon bozorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, 15 ta savdo kompleksi va 88 ta yirik do‘konda esa maktab yarmarkalari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu jarayonda 330 dan ortiq savdo rastasi ish boshladi va ular 153 ta terminal bilan jihozlandi. Mahsulotlar bozor narxidan o‘rtacha 10–15 foiz arzon sotilmoqda.

[gallery-25053]

- Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida hamyurtlarimizning dasturxoni to‘kinligiga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz, - deydi tadbirkor Ilhomiddin Hotamov. - Farg‘ona shahridagi markaziy dehqon bozorida xaridorlarga 1850 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, mahalliy va xorijdan keltirilgan 15 xildagi go‘sht taklif etilmoqda.

Aholi uchun yaratilayotgan bunday qulayliklar ham bayramona kayfiyat, ham farovon hayot ramzi sifatida ahamiyat kasb etmoqda. 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA