Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari aholi xizmatida
18:11 / 2023-08-28

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Kosonsoy tumani markaziy dehqon bozorida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi.  

Yarmarkada fermer xo‘jaliklari tomonidan aholiga chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari, meva-sabzavot va poliz ekinlari hamda ishlab chiqaruvchilarning bir qancha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari maqbul narxlarda taqdim etilmoqda.

[gallery-13292]

Bozor hududida shuningdek, “Maktab yarmarkasi” ham tashkil etilgan. Bu yerda o‘quvchilarga zarur barcha o‘quv qurollarini arzon narxlarda xarid qilish mumkin.

Savdo yarmarkalari sentyabr oyining birinchi o‘n kunligiga qadar davom etadi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA