Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi davom etmoqda
14:52 / 2026-01-02

Yangi yil bayrami munosabati bilan Jizzax shahrida aholini hamda favqulodda vaziyatlar tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bayram dasturxonini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarka doirasida kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bozor narxlariga nisbatan arzon va aholi uchun maqbul narxlarda taklif etilmoqda. Xususan, bu yerda jami 24 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining  sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Savdo jarayonlarida mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri