Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arzonlashtirilgan mahsulotlar savdo yarmarkasi
11:34 / 2025-03-17

Navro‘z umumxalq bayrami oldidan hamda muborak Ramazon oyi munosabati bilan Urganch markaziy dehqon bozori hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil qilindi.

Yarmarkada  dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan hamda mahalliy  korxonalarda ishlab chiqarilgan   oziq-ovqat mahsulotlari aholiga arzon narxlarda taklif etilmoqda.  

Viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov  yarmarka faoliyati bilan tanishib, mahsulot turlarini yanada ko‘paytirish, shaharliklarning bayram dasturxoniga arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish yuzasidan topshiriqlar berdi.  

[gallery-22289]

Viloyat hokimi markaziy dehqon bozorida ham bo‘lib, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi bilan qiziqdi, sotuvchi va xaridorlar bilan muloqotda bo‘ldi.  

– Bayramlar arafasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi xalqimiz uchun katta qulaylik bo‘ldi, – deydi urganchlik Suhbatjon Matkarimov. – To‘g‘risi, qish faslida ham oziq-ovqat, meva , sabzavotlardan kamchilik bo‘lmadi. Narxlarda katta o‘zgarishlarni ko‘rmadim. Mana shunday yarmarkalar bunda muhim o‘rin tutmoqda. Bugun yarmarkada viloyatimiz hokimini ham uchratdim. Demak, narxlar barqarorligi  rahbarlarning nazoratida.  

Bozorlar to‘kinligi, narxlar barqarorligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar aholining xarid qobiliyatini oshirish, xalqimizning bayram dasturxoni yanada to‘kin bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov(surat), O‘zA muxbirlari