Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arzonlashtirilgan bayram yarmarkalari (+video)
12:36 / 2025-08-26

Aholini zarur turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash, oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida Toshkent shahridagi 12ta dehqon bozori va 1ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozorining har birida shu kunlarda Mustakilligimizning 34 yilligi munosabati bilan bayram oldi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Jumladan, Sergeli dehqon bozorida alohida joy ajratilib, Qashqadaryo va Toshkent viloyati  fermer, dehqon xo‘jaliklaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotlar maxsus bayramona bezatilgan rastalarga chiqarilmoqda. Bu esa o‘z navbatida narxlarning muvozanatini ta’minlab, aholiga bayram kayfiyati ulashyapti.

- Toshkent shahri aholisiniarzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida tashkil qilingan yarmarkada Qashqadaryodan chorvadorlar va fermerlar orqali olib kelinayotgan mahalliy mol go‘shtini 70 ming so‘mdan, qo‘y go‘shtini 75 ming so‘mdan bir kilogrammi sotilyapti, - deydi Qashqadaryo viloyatidan Sergeli dehqon bozoriga biriktirilgan vakil Islom Boymirzayev. – Bir kunda o‘rtacha 450-550 kilogrammgacha go‘sht sotilyapti. Qashqadaryodan chorva olib kelinib, qushxonada saqlanadi va har kunlik go‘sht talabga qarab bozorga olib chiqiladi. Bundan tashqari  qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan piyoz, qovun, tarvuz, kartoshka va boshqalar ham bozordagi narxlardan arzon sotishni tashkil qilganmiz.    

Bayram tadorigi bilan yurgan  xaridorlar va sotuvchilarning fikrlari bilan qiziqdik. Ular arzonlashtirilgan bayram yarmarkalari faoliyatidan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Bozor ma’muriyati xaridor va sotuvchilarga qulaylik yaratish uchun katta tayyorgarlik ko‘rdi. Bir kunda o‘rtacha1.5-2 tonna kartoshka, 1-1.5 tonna piyoz, 500-600 kilogramm sabzi, 1 tonna poliz, 200-300 kilogramm guruch hamda boshqa aholi ehtiyoji uchun zarur mahsulotlar arzonlashtirilgan narxlarda xalqimiz dasturxoniga tortiq qilinmoqda.  

Bosh Prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror saqlab qolish maqsadida, “Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida dehqon va fermer xo‘jaliklaridan mahsulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berilishiga a’lohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari barcha bozorlarda jamoatchilik nazorati maskanlari tashkil etilgan bo‘lib, ularning faoliyati ham narxlarga ijobiy ta’sir etayotir.  

 <iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/5udFIfkX6D0?si=RT3AQgZSqdtSs5cj" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA