Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxivchilar “Zakovat”da bellashdi
10:46 / 2025-10-29

Poytaxtimizdagi “Zakovat” arenasida arxiv tizimi tashkil etilganining 106 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi kubogi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2022 yil 20 yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda vazirlik, idoralar va “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv ishi hududiy boshqarmalari hamda milliy arxivlar xodimlari ishtirok etdi.

[gallery-25967]

O‘yin har biri 12 ta savoldan iborat bo‘lgan 2 ta turda o‘tkazildi. Jami 24 ta savoldan iborat bo‘ldi. Jamoaning har bir savolga berilgan to‘g‘ri javobi uchun bir balldan berildi. O‘yinda eng ko‘p ball olgan jamoalar g‘olib bo‘ldi.

G‘olib jamoalar egallagan o‘rniga mos ravishda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA