Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxivchilar “Agentlik shohsupasi”da dona surdi
11:10 / 2021-08-21

O‘zbekiston Milliy arxivi binosida mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Agentlik shohsupasi” respublika shaxmat turnirining final bahsi bo‘lib o‘tdi.

 Unda musobaqaning hududiy bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi. Musobaqa avvalida so‘z olgan “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sherzod Sodiqov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida agentlikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so‘z yuritdi.  

[gallery-3514]

“Agentlik shohsupasi”ning final bahsida 17 nafar arxivchi o‘zaro bellashdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahslarda Guliston tumani davlat arxivi xodimi Shoxrux Isroilov g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar Jizzax viloyati vakili Javlon Navro‘zov va qoraqalpog‘istonlik Timur Sultonovga nasib etdi.  

G‘olib va sovrindorlarni “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov  diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.  

 Muhammad AMIN (surat), O‘zA