Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxiv tizimi takomillashtirilmoqda
17:05 / 2021-02-04

Arxiv hujjatlarini to‘plash, saqlash va ulardan tegishlicha foydalanishning o‘ziga xos qulayliklarini yaratish, soha xodimlari ish faoliyatini takomillashtirishga bugungi kunda katta e’tibor qaratilmoqda.

Surxondaryo viloyat arxiv boshqarmasi 200 mingdan ortiq hujjat mavjud bo‘lib, shundan 167 903 tasi doimiy saqlanuvchi boshqaruv hujjatlari, 18 490 tasi shaxsiy tarkib, 508 tasi shaxsiy kelib chiqishga doir, 3207 tasi suratli hujjatlarni tashkil etadi. Boshqarma fondidan 1917 yildan buyon saqlanayotgan hujjatlarni ham topish mumkin. 2020 yilda esa arxivga 5 971 ta hujjat qabul qilindi.

[gallery-1018]

Sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan hujjatlarga ilmiy-texnikaviy ishlov berish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, joriy yilda yana 60 mingga yaqin hujjatlar ana shunday jarayondan o‘tishi rejalashtirilgan. Ayni paytda, navbatma-navbat eski hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar ortiqcha ovoragarchilikni bartaraf etish va soha faoliyatining zamonaviy modulini yaratishga xizmat qiladi.

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat), O‘zA