Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxiv sohasida Tojikiston bilan hamkorlik rivojlanadi
16:22 / 2025-04-08

“O‘zarxiv” agentligida agentlik direktori Ulug‘bek Yusupov hamda Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Rahmonzoda Abdujabbor boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “O‘zarxiv” agentligi va Tojikiston arxivlari o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston tarixi va madaniyatini, arxiv hujjatlarini Tojikiston arxivlarida targ‘ib etish, hujjatlarni raqamlashtirish, qo‘shma ko‘rgazmalar va nashrlar tashkil etish, arxivlarda tadqiqotchilarga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikdagi masalalar ko‘rildi.

Tashrif so‘ngida arxiv muzeyi va ko‘rgazmalar zalida qiziqarli ekskursiya uyushtirilib, mehmonlar muzeydagi noyob arxiv hujjatlari va eksponatlari bilan tanishtirildi. Arxivdagi shart-sharoitlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi, kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalashtirildi.

Гулноза Boboyeva, O‘zA