Arxiv sohasida Polsha bilan hamkorlik o‘rnatildi
Fanlar akademiyasi Tarix instituti, “O‘zarxiv” agentligi va Polsha Respublikasidagi Gdansk shahrida joylashgan Ikkinchi jahon urushi muzeyi o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
Endilikda arxiv sohasi bo‘yicha uch tomonlama hamkorlikni diversifikatsiya qilish va chuqurlashtirish keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yiladi.

– Ushbu uch tomonlama imzolangan hujjat kelajakda nafaqat arxiv hujjatlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, balki ikki davlat fuqarolari uchun ochiq foydalanilishi mumkin bo‘lgan elektron portal va nashrlar paydo bo‘lishiga ulkan hissa qo‘shadi, – dedi Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Radoslav Gruk. – Dinimiz, tilimiz, tarixiy urf-odatlarimiz turli xil bo‘lsada ikki xalqning do‘stona munosabatlari yanada mustahkamlanib borishiga ishonaman.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA