English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxiv sohasida malaka oshiradigan kadrlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda
18:39 / 2022-06-29

Mamlakatimiz tarixini chuqur o‘rganishda arxiv hujjatlari a’lohida ahamiyatga ega. Tizimda hujjatlarni raqamlashtirish orqali ularni saqlovini ta’minlashga a’lohida e’tibor qaratilmoqda.

Milliy matbuot markazida “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi faoliyati va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanida hozirgi kunga qadar jami 2 ming 118 nafar tinglovchi malaka oshirgani, ular “Tashkilotlarda arxiv ishi va elektron arxivlarni tashkil etish asoslari”, “Tashkilotlarda ish yuritish, elektron hujjat aylanishi va ijro nazoratini tashkil etish”, “Arxivlarda hujjatlarni tartibga keltirish” hamda “Kadrlar bo‘limida hujjatlarni yuritish tartibi” kabi yo‘nalishlarda o‘qib taxsil olganlari ma’lum qilindi.

O‘quv kurslar vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va ularning tasarrufidagi tashkilotlarning devonxona, idoraviy arxiv faoliyati, ijro intizomi, kadrlar ishiga mas’ul xodimlari, ish yurituvchi, kotib xodimlar malakasini oshirishga mo‘ljallangan.

Markaz tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslarini o‘tkazish uchun yetuk mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar jalb qilindi. O‘qishlar an’anaviy yoki masofaviy ko‘rinishda bo‘lib o‘tdi. O‘qish uchun barcha sharoitlar yaratilgan hamda zamonaviy kompyuter texnika bilan jihozlangan markazda har yili 1000 dan ortiq mutaxassislar malaka oshiradi. Shuningdek, o‘quv kurslari samarasini oshirish maqsadida yangi o‘quv kurslar joriy etilishi rejalashtirilgan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA