Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxiv sohasida gender tenglik masalalari muhokama qilindi
14:22 / 2023-02-08

“O‘zarxiv” agentligida “Arxiv ishi sohasida xotin-qizlar huquqlari hamda gender tenglik masalalari doimiy e’tiborda” mavzuidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar hamda gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonova va senator G.Ma’rufova rahbarligidagi ishchi guruh agentlik va uning tizimidagi muassasalarda gender tenglik, xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar, arxiv ishi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi. Mamlakatda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilik bazasi haqida tushunchalar berdi. 
 
So‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari qabul qilinib, ayollar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yangi bosqichga ko‘tarildi. 
 
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, faoliyatiga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida xizmat qilmoqda. Davra suhbatida aynan qonunning mohiyati, unda belgilangan qoidalarning mazmuni haqida so‘z yuritildi. 
 
Tadbir davomida arxivchilarning gender qonunchiligi haqidagi qiziqishlari, qarashlari va fikrlari hamda agentlikning takliflari asosida tavsiyalar, qonunchilikka bir qator takliflar ishlab chiqildi. 

 
Gulnoza Boboyeva, 
O‘zA