"O‘zarxiv" agentligida “Belarus Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi (2025-2027-yillar uchun) imzolandi.
Marosimda Belarus Respublikasi Adliya vazirligi arxivlar va ish yuritish departamenti direktori Oleg Voinov boshchiligidagi delegatsiya hamda "O‘zarxiv" agentligi rahbariyati ishtirok etdi.

Mazkur tashrif davomida delegatsiya O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi kabi muhim arxiv muassasalarining faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, ikki tomonning arxiv xizmatlari faoliyatiga oid taqdimotlar o‘tkazildi, tajriba almashildi.

Tadbirda qayd etilganidek, qo‘shma harakatlar rejasining imzolanishi O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tashrif davomida O‘zbekistonning madaniy merosi bilan tanishish uchun bir qator tarixiy va madaniy joylarga, jumladan, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga sayohat uyushtirildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA