Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxiv ishini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun bir qator xodimlar taqdirlandi
09:42 / 2020-12-05

Yurtimizda Bosh Qomusimiz qabul qilingan sananing yigirma sakkiz yilligi keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan hududlarda, mehnat jamoalarida turli madaniy-ma’rifiy, huquqiy mavzudagi tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

“O‘zarxiv” agentligida ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma sakkiz yilligi munosabati tadbir tashkil etildi. Tadbirda ko‘p yillik samarali mehnati, arxiv ishini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir qator xodimlar “Soha iftixori” ko‘krak nishoni, “Faxriy yorliq” va “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Maxset Qaipnazarov, O‘zbekiston milliy arxivi direktori Dilbar Zakirova, Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman davlat arxivi arxivchisi Maryam Mahmudovalar “Soha iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati