Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxiv ishida davlat tilini qo‘llash masalalari muhokama qilindi
16:30 / 2022-07-21

“O‘zarxiv” agentligida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida “Lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosini ish yuritishda qo‘llash masalalari: muammo va yechimlar” mavzuida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga qaratilib, davlat arxivlarida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini qo‘llashdagi asosiy qulaylik, muammo va yechimlariga to‘xtalib o‘tildi.  

Xususan, markaz xodimlari tomonidan davlat tilida ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini qo‘llashning muhim jihatlari tushuntirildi. Jumladan, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari hamda davlat tilida ish yuritish qoidalarining uyg‘unligi, lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosida ayrim harflarning talaffuzi va imlosi, arxiv ishida davlat tilini qo‘llash masalalarida arxivchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish, har bir xodimning shu masaladagi bilimlarini doimiy rag‘batlantirib borishga alohida e’tibor qaratildi.  

Bu borada “O‘zarxiv” agentligining tegishli chora-tadbirlari, nazorat rejalari ishlab chiqilganligi va unga amal qilinayotganligi qayd etildi. bugungi kunga qadar arxiv ishi va ish yuritish sohasida o‘zbek alifbosini qo‘llashda muammolar kelib chiqmayotganligi e’tirof etildi. 

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA