Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxiv hujjatlarini elektron qabul qilish axborot tizimi ishlab chiqilmoqda
15:10 / 2022-12-26

Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat arxiv o‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bo‘yicha 5794 nafar O‘zbekiston fuqarosi, 39 nafar chet el fuqarosi tadqiqotchilik ishlarini olib borgan. Shuningdek 55 169 saqlov birligidagi hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etilgan.

Joriy yil 23 dekabrda Istanbul shahridagi Usmoniylar arxivi binosida Turkiya Respublikasi Prezidenti devoni huzuridagi Davlat arxivlari boshqarmasi va «O‘zarxiv» agentligi hamkorligida tayyorlangan «O‘zbekiston Turkiya aloqalari hujjatlarda» nomli kitob-albom taqdimoti o‘tkazildi.  

Mazkur kitob-albom 2018 yil 30 aprelda Toshkent shahrida imzolangan «O‘zarxiv» agentligi bilan Turkiya Respublikasi Bosh vaziri devoni huzuridagi Davlat arxivlari bosh direksiyasi o‘rtasida arxivlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida Protokol» doirasida tayyorlangan.  

2022 yil Respublika arxivlariga 455 494 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushgan. Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 335 135 ta, pochta va elektron pochta orqali 47 113 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatida yashovchilardan kelib tushgan bo‘lsa, 73 246 nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan.  

Arxiv hujjatlari asosida 346 267 ta so‘rov ijrosi bajarilib, ulardan 312 628 tasi ijobiy, 33 639 tasi bo‘yicha esa tegishli ko‘rsatma va tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taalluqliligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar soni 98 453 tani tashkil etgan.  

2022 yil davomida Respublika davlat arxivlariga 83 332 ta mavzuli so‘rovlar kelib tushgan va barchasining ijrosi ta’minlangan.  

Bu haqda AOKAda «O‘zarxiv» agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida o‘tkazilgan «2022 yilda davlat arxivlariga kelib tushgan so‘rovlar ijrosi» mavzusida»gi brifingda ma’lum qilindi.  

"Agentligimiz "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili"da arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda sifat darajasini yanada oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Hozirda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan arxiv hujjatlarini davlat arxivlariga elektron qabul qilishning alohida axborot tizimi ishlab chiqilmoqda va 2023 yilda to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Elektron fondlar axborot tizimi ishga tushiriladi va tadqiqotchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Elektron ro‘yxatlardan onlayn foydalanish imkoniyati yaratiladi. «Virtual o‘quv zali» axborot tizimi ishga tushadi", dedi A.Aliyev.  

 

M.Qosimova,  

O‘zA