Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxiv hujjatlariga oid ko‘rgazma namoyish etildi
15:41 / 2025-09-10

O‘zbekiston Milliy arxivida “Shonli tarix: mustamlaka va mustaqillik tarixi” mavzuida hujjatlar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Arxivshunoslik” yo‘nalishidagi bir guruh talabalar uchun ekskursiya tashkil etildi.  

Talabalarga mutaxassis tomonidan arxivdagi asl hujjatlar, xususan, Mustaqillikka va Konstitutsiyamizga oid hujjatlar namunalari ko‘rsatildi. Tarixiy hujjatlar xususida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalarni arxivdagi mavjud shart-sharoitlar, hujjatlar saqlovxonalari va hujjatlarning saqlanish tartibi, ta’mirlash jarayonlari hamda raqamlashtirish ishlari bilan tanishtirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA