Arxeologlar Misr shimolidagi El-Buxeyra hududida olib borilgan qazishmalar davomida so‘nggi davr (miloddan avvalgi 664–332) va Ptolemey davri (miloddan avvalgi 323–30) ga oid qadimgi Rim qabristoni va ustaxonalarini topishdi, deb yozmoqda “RIA Novosti” nashri.
Misr Qadimiy yodgorliklar oliy kengashi bosh kotibi Muhammad Ismoil Xolidning so‘zlariga ko‘ra, topilmalar g‘arbiy Nil sohilida aholi punktlari, dafn marosimlari va ishlab chiqarish haqida muhim ilmiy ma’lumotlarni beradi.
Ta’kidlanishicha, ustaxonalar oltita xonaga bo‘lingan katta binodan iborat bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, qadimshunoslar missiya davomida taxminan 9700 ta baliq suyagi, fayans tumorlari, amforalar va yunon keramikasini topishgan.
– Qazish ishlari davomida Rim qabristonining bir qismi ham topildi, unda uchta asosiy shaklda bir nechta dafn marosimlari mavjud edi: yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri dafn marosimlari, keramik tobutlarga dafn marosimlari va katta amforalarga bolalar dafn marosimlari”, -deyiladi Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi bayonotida.
S.Rahimov, O‘zA