Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxeologlar afsonaviy Gerkules ibodatxonasi xarobasini topdi
17:41 / 2021-12-16

Ispaniyalik qadimshunoslar Kadis shahri atrofida suv tagida qolgan xarobalarni topishdi. Mazkur joy finikiya xudosi Melkartning mashhur ibodatxonasi bo‘lishi mumkin. Uni rimliklar afsonaviy Gerkulesniki ham deyishadi, deb xabar bermoqda Diario de Cadiz gazetasi.

Gadesdagi Gerkules ibodatxonasi (Kadisning antik nomlanishi) qadimiy dunyoning eng mashhur ibodatxonasi hisoblanadi. U haqda Strabon, Siliy Italik va Filostratlar yozishgan. Svetoniyaning guvohlik berishicha, Yuliy Sezar aynan shu ibodatxonada Buyuk Aleksandr haykalini ko‘rgandan keyin hayotini buyuk ishlarni amalga oshirishga bag‘ishlashga qaror qilgan. Biroq ushbu qurilishning izi haqida haligacha hech qanday ma’lumot topilmagan.

Vayrona Kano-de-Sankti-Petri kanalining quyilish joyida topilgan. Bu yerda gap uzunligi 150 va kengligi 300 metrlik mahobatli bino haqida bormoqda.

Gerkules ibodatxonasi topilgani haqidagi xabarning tasdiqlanishi uchun ham quruqlikda, ham suv ostida yana bir qancha qo‘shimcha arxeologik tadqiqotlar hamda maxsus geoarxeologik tahlillar o‘tkazish kerak bo‘ladi, deyiladi xabarda.