Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arxeologiya sohasida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi mustahkamlanmoqda
19:39 / 2023-09-04

Xitoyning Shensi provinsiyasi partiya qo‘mitasi kotibi Chjao Ide boshchiligidagi delegatsiya Samarqand Arxeologiya institutiga tashrif buyurib, O‘zbekiston-Xitoy ekspeditsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Samarqand Arxeologiya instituti 2012 yildan boshlab Shimoli-g‘arbiy universiteti (XXR) bilan ilmiy aloqalarni o‘rnatib kelmoqda. 2023 yilda imzolangan shartnomaga muvofiq, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Rabot va Uzun tumanidagi Chinor-tepa arxeologik yodgorliklarida qazish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, Surxondaryo daryosining  yuqori oqimi: Uzun, Sariosiyo, Denov va Sho‘rchi tumanlarida va Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanidagi arxeologik yodgorliklarda tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.  Bu haqda Madaniy meros agentligining matbuot xizmati ma’lum qildi.  

N. Usmonova, O‘zA.