Artur Taymazov endi uch karra olimpiada chempioni emas
HOQ sportchimizni London-2012da qoʻlga kiritilgan oltin medaldan mahrum qildi
HOQ sportchimizni London-2012da qoʻlga kiritilgan oltin medaldan mahrum qildi
Oʻzbekiston terma jamoasi safida Olimpiya oʻyinlarining erkin kurash yoʻnalishida uch karra oltin medalga sazovor boʻlgan taniqli sportchi Artur Taymazovdan 2012-yilgi London olimpiadasining oltin medali tortib olindi.
Bunga sabab, sportchining qonidan taqiqlangan turinabol moddasi topilgan. Bu esa sport qoidalariga zid hisoblanib, qonidan ushbu modda aniqlangan sportchining har qanday natijasi bekor qilinadi. Shunga asosan Artur Taymazovning London olimpiadasida qoʻlga kiritgan natijasi ham bekor qilindi.
Avvalroq xuddi shu sabab bilan sportchimizning Pekin-2008 olimpiadasida erishgan natijasi ham bekor qilingan edi. Shu tariqa bugungi kunda Taymazovning ixtiyorida atigi bitta oltin medal qoldi. Bu medalni Artur 2004-yilgi Afina olimpiadasiga qoʻlga kiritgan.
Eslatib oʻtamiz, Taymazov ayni vaqtda Rossiya dumasi deputati sanaladi.