Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Artel “Tojikistonning sevimli markasi” loyihasida g‘olib bo‘ldi
14:01 / 2023-11-09

Artel “Tojikistonning sevimli markasi” loyihasining “Ishonchga munosib” nominatsiyasida eng yaxshi brend deb topildi.

“Tojikistonning sevimli markasi” har yili o‘tkaziladigan yirik marketing loyihasi bo‘lib, unda tovar va xizmatlar sohasida yetakchi kompaniyalar bilan bir qatorda yosh brendlar ham ishtirok etadi. Tojikiston aholisi mazkur loyihaning eksperti sifatida qatnashadi va ovoz berish yo‘li orqali turli nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi brendni tanlaydi.  

Ta’kidlash joiz, Artel har yili turli xalqaro loyiha va tanlovlarda faol ishtirok etib, munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda. Xususan, kompaniya 2021 yilda “TAF!21” keng ko‘lamli festivalida “Eng yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi” va “Mavsumiy kampaniya” nominatsiyalarida, 2022 yilda esa mazkur festivalning “Mashhur shaxslar bilan reklama” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.  

Kompaniya yangiliklari va faoliyati haqida quyidagi havolalar orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.  

 

Yagona axborot markazi: +998 78 148 88 88  

Veb-sayt:

artelgroup.org  

artelelectronics.com  

Instagram:  

@artel_official  

@artel_matbuot_xizmati

O‘zA