Hyatt Regency mehmonxonasida O‘zbekistondagi Amerika cavdo palatasining (AmCham) Korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR) bo‘yicha qo‘mitasining uchinchi an’anaviy bali bo‘lib o‘tdi. Artel kompaniyasi aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan onlayn loyihasi uchun CSR Award mukofoti bilan taqdirlandi.
“Kompaniyamizning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihasi uchun mukofot olish biz uchun katta sharaf. Bu e’tirof Artel to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayotganidan dalolat beradi. Biz biznesning o‘sishi va gullab-yashnashi jamiyatga bo‘lgan g‘amxo‘rlik bilan hamohang bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz va shu bois aholimizning ta’lim sifati va huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladigan loyihalarga o‘z kuchimizni sarflashga tayyormiz”, — deya fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Artel kompaniyasining korporativ maslahatchisi Elmira Sungarova.
Tadbir doirasida Artel kompaniyasi “Ezgu Amal” jamg‘armasi bilan birgalikda multimedia ko‘rinishidagi xayriya ko‘rgazmasini ham tashkil qildi. Unda jamg‘arma qaramog‘idagi bolalarning hikoyalari 3D-shou formatida namoyish etildi.
Ta’kidlash joiz, Artel mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, korporativ ijtimoiy mas’uliyat doirasida inson huquqlarini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda gender tengligini ta’minlashga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Kompaniya yangiliklari va faoliyati haqida quyidagi havolalar orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Yagona axborot markazi: +998 78 148 88 88
Veb-sayt:
artelelectronics.com
Instagram:
@artel_official
@artel_matbuot_xizmati