French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Artel “Canton Fair 2024” keng ko‘lamli xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi 
18:00 / 2024-04-15

Artel kompaniyasi 135-Canton ko‘rgazmasi – eksport va import mahsulotlari bo‘yicha Osiyoning eng yirik yarmarkasida ishtirok etdi.

Yiliga ikki marta – bahor va kuzda Guanchjou shahrida Xitoyning eng yirik – Canton ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda butun dunyodan turli formatdagi 200 dan ortiq biznes sohasi vakillari ishtirok etadi. Ko‘rgazma 2002-yilda ochilgan va dunyodagi uchinchi yirik ko‘rgazma markaziga aylangan Pachjou markazida o‘tkaziladi. 

Tadbir uch bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqich elektrotexnika mahsulotlari va maishiy texnika sanoatiga bag‘ishlangan. Artel 15-19-aprel kunlari ko‘rgazmada o‘z brendi ostida uy va oshxona uchun katta va kichik maishiy texnikaning barcha assortimentlarini taqdim etadi. 

Birinchi Canton ko‘rgazmasi 1957-yilda bo‘lib o‘tgan va eksport va import tovarlari uchun zamonaviy savdo ko‘rgazmasi turli sohalarning ulkan platformasiga aylangan. 26 mingga yaqin xitoylik va xorijiy kompaniyalar ko‘rgazma ishtirokchilari bo‘lib, ko‘rgazma sessiyasida namoyish etilayotgan mahsulot turlari soni 150 mingdan oshadi. 

Artel bunday yirik tadbirlarda birinchi marta qatnashayotgani yo‘q. Kompaniya har yili nufuzli joylarda elektrotexnika va elektronika sohasidagi innovatsion ishlanmalar va yangi mahsulotlarni taqdim etadi. Artel uchinchi marta o‘zining mahsulotlarini Canton ko‘rgazmasida taqdim etmoqda. Ilgari Artel Berlindagi IFA ko‘rgazmasida ishtirok etgan bo‘lib, bu esa mahsulotlar butunjahon maishiy texnika bozorida o‘z o‘rnini egallashini va xalqaro standart talablariga to‘liq javob berishini yana bir bor isbotlaydi. 

O‘zA