Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arnasoyda zamonaviy parrandachilik majmuasi ish boshladi
08:37 / 2025-11-12

FOTOREPORTAJ

Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi “Real Hunter” mas’uliyati cheklangan jamiyati huzurida zamonaviy parrandachilik majmuasi ish boshladi.

Majmua hududda parrandachilik salohiyatini oshirish, aholini sifatli tuxum va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Ayni paytda bu yerda bedananing tuxum yetishtirishga mo‘ljallangan “yapon manjur” va go‘sht uchun yetishtiriladigan “oq gigant”  zotlari parvarish qilinmoqda.

[gallery-26191]

Loyihaning dastlabki bosqichida 30 ming dona bedana parvarishi rejalashtirilgan bo‘lib, keyingi bosqichda bu ko‘rsatkich 50 mingdan 200 ming donagacha yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Natijada har 45 kunda 10 tonnaga yaqin parhez go‘sht, har kuni esa 10-12 ming dona tuxum yetishtirish imkoniyati yaratiladi.          

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA