Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arnasoy tumaniga yangi hokim tayinlandi
10:40 / 2024-04-10

Tezkor xabar

Joriy yilning 8-aprel kuni Arnasoy tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari ellik uchunchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, tuman deputatlari, tuman hokimi yordamchilari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, Arnasoy tumani hokimi lavozimiga Musanov Odil Olimovich nomzodini tavsiya qildi.

Deputatlar nomzodni bir ovozdan ma’qulladi va Musanov Odil Olimovich Arnasoy tumani hokimi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Odil Musanov Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi bo‘lib faoliyat olib borgan.

A.Qayumov, O‘zA.