Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Arnasoy hokimi muammolarni “xonadonbay” o‘rganmoqda
11:49 / 2022-02-15

Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimi mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni avval “mahallabay” so‘ng, “xonadonbay” shaklida o‘rganib chiqmoqda.

Dastlab tuman hokimi Xurshid Alimardanov mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari va mahalla yetakchilari bilan uchrashib. joylarda iqtisodiy ahvolni yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantiprish, fuqarolar bandligini ta’minlash, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi, bu boradagi ishlarga o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.  

Shundan so‘ng, tumandagi “Do‘stlik” va “Gulbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan aholi bilan uchrashib, ularning yashash tarzini “xonadonbay” o‘rgandi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida har bir mahalladagi xonadonlarga va yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy ko‘mak berish, ajratilgan mablag‘lar hisobidan ehtiyojmand oilalarga subsidiya mablag‘lari ajratish, tomorqadan samarali foydalanish uchun ekinlarni ekishda ko‘chat, o‘g‘it, issiqxona, suv masalalarini hal etish, parrandachilikni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish masalalarini “yo‘l xaritasi” ga kiritib, mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga shu joyni o‘zida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq vazifalar berildi. 

A.Qayumov,  J.Yorbekov (surat), O‘zA